Bugun 17:00. O'zbekiston - Afg'oniston

Narzulla Saydullayev
23 okt 2019
Bugun Eronning Urmiya shahrida futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslari start oladi.

Markaziy va Janubiy mintaqadagi saralash o'yinlarida 7ta jamoa ishtirok etadi. Yakunda har ikkala guruhdan birinchi-ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar Osiyo chempionatiga yo'l oladi. Agar Turkmaniston terma jamoasi birinchi yo ikkinchi o'rinni egallasa, unda eng yaxshi 3-o'rin egasi ham Osiyo chempionatiga boradi. O'yinlarga Eron mezbonlik qiladi va 23-25 oktyabr oralig'ida o'tkaziladi. 

"A" guruhi - O'zbekiston, Tojikiston, Nepal, Afg'oniston. 

"B" guruhi - Eron, Qirg'iziston, Turkmaniston.


"A" guruhi saralash bahslari taqvimi
23 oktyabr
14:30 - Tojikiston - Nepal
17:00 - O'zbekiston - Afg'oniston

24 oktyabr
14:30 - Afg'oniston - Tojikiston
17:00 - Nepal - O'zbekiston

25 oktyabr
14:30 - Nepal - Afg'oniston
17:00 - O'zbekiston - Tojikiston


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia