Bugun 17:00. Bangladesh U-23 - O'zbekiston U-23

Narzulla Saydullayev
29 mar 2015
Bugun O'zbekiston yoshlar U-23 terma jamoasi Osiyo chempionati saralashi doirasidagi ikkinchi uchrashuvni o'tkazadi.
Bangladesh mezbonlik qilayotgan saralashda guruhida 1-turda Hindistonni 2:0 hisobida taslim qildik.

Bugun vakillarimiz Bangladeshga qarshi maydonga tushishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.

10ta saralash guruhida birinchi o'rinni olgan jamoalar Qatarda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga yo'llanma oladi. Guruhlarda ikkinchi o'rinni olgan eng yaxshi ko'rsatkichga ega 5ta jamoa ham qita chempionati final bosqichiga yo'l oladi.

27 mart 2015

O'zbekiston - Hindiston 2:0
Suriya - Bangladesh 4:0

29 mart 2015
14:00. Hindiston - Suriya
17:00. Bangladesh - O'zbekiston

31 mart 2015
14:00. Suriya - O'zbekiston
17:00. Hindiston - Bangladesh



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia