Bugun 16:00. O'zbekiston U16 - Falastin U16

Narzulla Saydullayev
27 sen 2013
Bugun Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati saralash bahslarini boshlashadi.
1998 yilda tug'ilgan futbolchilardan tuzilgan terma jamoamiz bugun Falastin o'smirlariga qarshi "Jar" stadionida maydonga tushadi. 

Guruhda uchta jamoa ishtirok etishi va Osiyo chempionatiga bu guruh uchun bitta yo'llanma ajratilganini eslatib qo'ymoqchimiz. Yani, guruh g'olibigina qita chempionatiga yo'l oladi.

1-turda Yaman o'smirlari Falastin ustidan 3:1 hisobida zafar quchgandi.

Barcha futbol ishqibozlarini ushbu o'yinga taklif qilamiz. Keling va o'smirlarimizni qo'llab-quvvatlang.


U-16 Osiyo chempionati-2014 saralash
V saralash guruhi
25 sentyabr, chorshanba
YAMAN – FALASTIN 3:1 (1:0)

27 sentyabr, juma
16:00 - FALASTIN - O'ZBEKISTON

29 sentyabr, yakshanba
16:00 - O'ZBEKISTON - YAMAN
 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia