Bugun 14:00. O'zbekiston U-23 - Hindiston U-23

Narzulla Saydullayev
27 mar 2015
Bugun O'zbekiston yoshlar U-23 terma jamoasi Osiyo chempionati saralashi doirasidagi ilk uchrashuvni o'tkazadi.
Bangladesh mezbonlik qilayotgan saralashda guruhda 3ta raqibga qarshi o'ynaymiz.

Dastlabki turda vakillarimiz Hindistonga qarshi maydonga tushishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 14:00da boshlanadi.

Guruhdagi barcha o'yinlar Dakadagi "Bangabandu Milliy" stadionida bo'lib o'tadi.

10ta saralash guruhida birinchi o'rinni olgan jamoalar Qatarda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga yo'llanma oladi. Guruhlarda ikkinchi o'rinni olgan eng yaxshi ko'rsatkichga ega 5ta jamoa ham qita chempionati final bosqichiga yo'l oladi.

27 mart 2015

14:00. O'zbekiston - Hindiston
17:00. Suriya - Bangladesh

29 mart 2015
14:00. Hindiston - Suriya
17:00. Bangladesh - O'zbekiston

31 mart 2015
14:00. Suriya - O'zbekiston
17:00. Hindiston - Bangladesh


Ashurmatov ushbu saralash bahslariga quyidagi tarkibni olib ketgan:

Darvozabonlar:
1. Tursunboev Akmal (“Oq-tepa”)
2. Abduljalilov Abdumavlon (“Paxtakor”)
3. Karimov Abrorjon (“Lokomotiv”)

Himoyachilar:
4. Olimov Abdulloh  (“Neftchi”)
5. Asqarov Hasan  (“Buxoro”)
6.Yo'ldoshov Boburbek (“Lokomotiv”)
7. Raxmonov Sardor (“Neftchi”)
8. Mirabdullaev Javlon (“Metallurg”)
9. Ubaydullaev Muhsinjon (“Neftchi”)
10. Komilov Akromjon  (“Bunyodkor”)
11. Muxtorov Xurshidbek  (“Qo'qon-1912”)
 
Yarim himoyachilar

12. Sobirxo'jaev Sardor (“Bunyodkor”)
13. Maxstaliev Abbosbek (“Neftchi”)
14. Kozak Vladimir (“Paxtakor”)
15. Iskanderov Jamshid (“Paxtakor”)
16. Masharipov Jaloliddin (“Paxtakor”)
17. Turapov Diyorjon (“Olmaliq”)
18. Rasulov Javohirbek (“Neftchi”)
19. Pavlenko Nikita (“Olmaliq”)
 
Hujumchilar

20. Shog'ulomov Alisher (“Lokomotiv”)
21. Sergeev Igor (“Paxtakor”)
22. Ayupov Temur (“Bunyodkor”)
23. Hakimov Jasurbek (“So'g'diyona”)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia