Buffonning agenti mijozi qachon faoliyatini yakunlashini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
16 may 2018, 20:46
"Yuventus" darvozaboni Janluijji Buffonning agenti Silvano Martina mijozi faoliyatini yakunlashini e'lon qiladigan sanani ma'lum qildi.

"Barchasi Tottining ketishi kabi dramatik yakun topishini istamayman. Bunday holat faqatgina Rimda bo'ladi. Boshqa gapirmayman. Payshanba kuni u barchasini ma'lum qiladi", - dedi agent.

19 may kuni "Yuventus" A Seriyaning 38-turi doirasida "Verona"ga qarshi bahs olib boradi. Bu bahs Buffon uchun so'nggisi bo'lishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia