Buffon: "Jamoadoshlarim va muxlislarga munnatdorchilik bildiraman"

Narzulla Saydullayev
11 sen 2013
Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Buffon kecha Chexiyaga qarshi o'yinda maydonga tushib, terma safidagi o'yinlari soni bo'yicha Fabio Kannavaroga yetib oldi. Shu munosabat bilan uni qo'llab-quvvatlagan jamoadoshlari va muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.
"Eng avvalo jamoadoshlarimga minnatdorchilik izhor etmoqchiman. Aynan ularning xizmatlari va hissalari bilan men bugun o'yimning terma jamoa safidagi 136-o'yinimni o'tkazdim. Biz so'nggi yillarda birgalikda ko'p ishlarni amalga oshirdik. Shuningdek, men muxlislarga ham raxmatlarimni aytmoqchiman. Bunday ajoyib muxlislik bizga terma jamoa o'yinlaridagi yanada yangi muhitni his qilishga imkon berdi. Avvallari bizni har doim ham bunday darajada qo'llab quvvatlashmagan", dedi Buffon.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru