Buffon safga qaytdi

8 dek 2020, 00:07
Tuttosport xabariga ko'ra, "Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon jarohatidan forig' bo'lib, umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytgan.

Turin klubi faxriysi jarohat tufayli jamoaning so'nggi 4 o'yinini o'tkazib yubordi. 

Ayni paytda "keksa sinora" himoyachilari Jorjo Kellini va Merix Demiral jarohatidan tiklanmoqda.

O'xshash yangiliklar

Manba: Tuttosport