Buffon "quruq seriya" bo'yicha Italiya chempionati rekordini o'rnatdi!

Aziz Tukhtamuradov
20 mar 2016, 20:20
"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon A Seriyada "quruq seriya" o'tkazish bo'yicha turnir rekordini o'rnatdi.

"Torino"ga qarshi o'yingacha posbonning daqiqalari 926ni tashkil qilayotgandi. 38 yoshli darvozabon so'nggi marta Italiya Chempionatida 10 yanvar kuni "Sampdoriya"dan gol o'tkazib yuborgandi.

Bugun esa u "Torino"ga qarshi o'yinning 48 daqiqasigacha o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qola oldi va "quruq seriya"ni 974 daqiqagacha etkaza oldi. Bu esa A Seriya darvozabonlari ichida eng yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi.


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia