Buffon o'zi bilan birga o'ynagan eng kuchli futbolchi kim bo'lganini aytdi

Administrator
19 noya 2024, 22:39
Afsonaviy darvozabonning tanlovi biroz kutilmagan bo'ldi.

"Yuventus", PSJ klublari sobiq darvozaboni Janluidji Buffon o'zi maydonda ko'rgan eng kuchli o'yinchi kim bo'lganini aytdi.

"Men birga o'ynagan eng zo'r futbolchi? Bu savolga Neymar deb javob beraman. Fikrimcha, u beshta "Oltin to'p"ga munosib edi.

Menda Zidan, Ronaldu, Messi va boshqa o'yinchilar bilan bir maydonda harakat qilish imkoniyati bo'lgan. Lekin Neymar haqiqatda boshqacha o'yinchi edi", -deydi Janluidji Buffon.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Corriere della Sera