Buffon: "Ispaniya Italiyaga nafas olishga imkon bermadi"

Aslanov Jasurbek
22 iyun 2024
Janluiji Buffon Italiyaning Ispaniyadan uchragan mag'lubiyati haqida gapirdi.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi Evro-2024 guruh bosqichi 2-tur o'yini 1:0 hisobida yakunlandi.

"Ispaniyaga qoyil qoldim. Ularning o'yin uslubidan hayratlandim, ispanlar huddi bir kishi ko'pdek harakat qilib, tinimsiz vaziyatlar yaratishdi. Yaxshiyam 0:1ga yutqazdik.

Agar Donnarumma gol o'tkazmaganida, unga 10 baho qo'ygan bo'lardim. U Ispaniyaning barcha zarbalarini qaytardi.

Bazida g'alabadan ko'ra mag'lubiyatdan keyin ishlash osonroq bo'ladi. Ispaniya bilan o'yinda bazi savollarga javob topdik. Agar Albaniyaga qarshi g'alabadan so'ng jamoaga 9 ball qo'ygan bo'lsam, Ispaniyaga qarshi bahsdan so'ng 4 ball ham qo'ymayman. Biz hozir o'rtaroqdamiz va Xorvatiyani taslim qilishimiz uchun iloji boricha tezroq o'z darajamizni topishimiz kerak" - dedi Buffon.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As