Buffon faoliyatini yakunlashga tayyorlanmoqda

Aziz Tukhtamuradov
29 iyul 2023, 09:19
"Parma" darvozaboni Janluiji Buffon yaqin orada faoliyatini yakunlaydi.

Ma'lum bo'lishicha, afsonaviy darvozabon bu borada yakuniy qarorga kelgan. Avvalroq Buffonga Saudiya Arabistoni klublaridan qiziqish borligi haqida xabar qilingandi. Biroq italiyalik posbon faoliyatini tugatish qaroriga kelgan. 

45 yoshli Buffon faoliyati davomida uchta klub - "Parma", "Yuventus" va PSJda o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Relevo