Bu qiziq! Tayson, Xopkins va panjara ortida jilovlangan temir mushtlar

Aziz Tukhtamuradov
23 iyun 2021, 20:12
Ringdagi agressivlik undan tashqarida bokschilar uchun muvaffaqiyatsiz tugaydi.

Ikki vazn toifasida jahon chempioni, amerikalik bokschi Jervonta Devis (24-0, 23 KO) hibsga olinish xavfi ostida. Bokschi avtomobilida to'rt nafar yo'lovchini urib yuborgan va voqea joyidan qochib ketganlikda ayblanmoqda. Bundan tashqari, Devis avtoulovni boshqarish huquqiga ega emas edi, chunki uning huquqlari tugagan va bekor qilingan. Bokschiga 14-modda bo'yicha ayblov qo'yiladi va agar u barcha moddalarda aybdor deb topilsa, 7 yil 55 kungacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Ushbu yangilik bilan bog'liq holda, boks tarixida o'chmas iz qoldirgan shu bilan birga temir mushtlarning kuchini panjara ortida saqlashga majbur bo'lgan bokschilar haqida yozishni lozim topdik. Janglardagi raundlar soniga qiyos qilgan holda 12 nafar bokschini tanlab oldik.


Dyui Bozella


1983 yilda umidli, istedodli 18 yoshli Bozella 92 yoshli ayolni o'ldirishda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. U bir necha marta muddatidan oldin ozod qilinishi mumkin edi, ammo qilgan ishini tan olmadi. Bozella ishi bir guruh professional advokatlar tufayli qayta ko'rib chiqiladi va 26 yil umrini qamoqda o'tkazganidan so'ng...


Qiziqarli maqolaning to'liq qismi bu yerda > > > Bu qiziq! Panjara ortida jilovlangan temir mushtlar

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com