

Jamoa o'quv-yig'inida yana bir nechta yangilarni uchratish mumkin. Xususan, o'tgan mavsumni Lokomotiv va Paxtakor jamoasida o'tkazgan Husniddin G'ofurov joriy mavsumni Surxonda o'tkazadigan bo'ldi. Aytish kerakki, o'tgan yili termizliklar Paxtakordan boshqa bir Husniddin G'ofurovni ijaraga olgandi. Shu tariqa endi Surxonda ikki nafar Husniddin G'ofurov o'ynaydigan bo'ldi. Eng qizig'i, ushbu adashlar 2013 yili ham O'zbekiston birinchi ligasida NBU-Osiyo sharafini himoya qilgandi. Ularning yo'llari 7 yildan so'ng yana kesishdi.




