Bu nimasi? Aleksis Sanches Mourinyuning iste'fosidan 20 ming funt yutib oldi

Aslanov Jasurbek
21 dek 2018, 10:27
"Manchester Yunayted" hujumchisi Aleksis Sanches Joze Mourinyu iste'fosi tufayli jamoadoshi Markos Roxodan 20 ming funt yutib oldi.

Futbolchi argentinalik bilan garov o'ynagan ekan.

Ma'lumotlarga ko'ra, forvard mankunianlarning "Whatsapp"dagi guruhida xabar qoldirgan.

"Aytgandimku! Sabr kerak. Roxo, 20 ming funt qarzsan" - deyiladi xabarda.

Oldinroq, chililik futbolchi "Manchester Yunayted"ni tark etmoqchi ekanligi e'lon qilingan edi. Forvard o'yin amaliyoti kamligi borasida etiroz bildirgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun