Brunu, Jerar Moreno va Pau Lopes - Yevropa Ligasi hafta o'yinchisi bo'lish uchun nomzodlar

Alisher
9 apr 2021, 12:51
UEFA Yevropa Ligasi 1/4 final dastlabki o'yinlarining eng yaxshi o'yinchisini aniqlash borasida so'rovnomani boshladi.

"Roma" darvozaboni Pau lopes "Ayaks" (2:1)ga qarshi o'yinda 8ta seyv ijro etdi, jumladan penaltini qaytardi.

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh "Granada" (2:0)ga qarshi o'yinda penaltidan gol urdi.

Forvard Jerar Morenoning "Dinamo" (Zagreb)ga qarshi o'yinda amalga oshirgan aniq 11 metrlik zarbasi "Vilyarreal"ga g'alaba olib keldi.

Praganing "Slaviya" jamoasi himoyachisi Tomash Golesh "Arsenal" (1:1)ga qarshi o'yinda hisobni tenglashtirdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com