Brunu Fernandesh: "MYU YCHLdagi qolgan ikkita o'yinda g'alaba qozonishi kerak"

Sherzod Nurmatov
9 noya 2023, 15:29
"Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 4-turida "Kopengagen"dan uchralgan mag'lubiyat (3:4) haqida fikr bildirdi.

"Oldinda juda qiyin vazifa turibdi, biroq biz uni bajarishimiz kerak. Oldindagi ikkita o'yinda g'alaba qozonishimiz zarur. Bugun oqshomgacha maqsadimiz oxirgi uchta o'yinda g'alaba qozonish edi, buni uddalay olmadik", – dedi xavbek.

"Kopengagen" ushbu mavsum Chempionlar Ligasida ilk g'alabasini qo'lga kiritdi va "A" guruhida 4 ochko bilan 2-o'ringa ko'tarilib oldi. "Manchester Yunayted" 3 ochko bilan oxirgi pog'onani egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com