Brunu: "Buni kutmagandim"

Mirjalol Normatov
20 okt 2020, 00:55
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh PSJga qarshi o'yinda sardorlik bog'ichi bilan harakat qilishi haqida gapirib o'tdi.

"Buni kutmagandim. Ushbu xabarni sizlar bilan birga eshitdim. Albatta, shunday klubda sardor bo'lib tushish men uchun faxr.

Jamoada sardor bo'layotgan har bir futbolchi o'zining hissasini yaxshi tushunishi kerak. Har bir futbolchi yetakchilikni qo'liga ola bilishi lozim.

Ertaga asosiy e'tibor jamoaga beriladi. Jamoani maydonga olib tushish har kungi ish bo'lishi mumkin. Asosiysi futbolchilar elkasidagi mas'uliyatni his qilmoqda", - dedi Brunu.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal