Football-italia.net xabariga ko'ra, Milanning "Inter" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Marcelo Brozovichni 100 ming evro miqdorida jarimaga tortgan.
Avvalroq xorvatiyalik futbolchi mast holatda mashina haydagani uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum bo'lgani haqida xabar berilgandi.
Barcha intizomiy choralarga qaramay, Brozovich bugun "Torino"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi kutilmoqda.