Breytueyt APL jamoasiga o'tishga yaqin turibdi

Mirjalol Normatov
20 iyul 2021, 00:55
"Barselona" forvardi Martin Breytueyt faoliyatini "Vulverxempton"da davom ettirishga yaqin turibdi.

"Sport.es" xabariga ko'ra, futbolchining agenti Xorxe Mendesh uning "bo'rilar" tarkibiga o'tish ishlarini yakunlash arafasida bo'lib turibdi. Tomonlar shartnomaning so'nggi bandlarini kelishish jarayonida.

Kataloniya klubiga bunga qadar Breytueyt borasida "Vest Xem", "Norvich" va "Brayton" kabi jamoalardan takliflar bo'lgandi. "Barselona" futbolchisining transferidan 15 mln evro ishlab olmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es