"Breshiya" Tonalining narxini e'lon qildi

14 fev 2020, 00:26
"Breshiya" yarim himoyachisi Sandro Tonali A Seriya yetakchilariga kerak.

"Breshiya" klubi rahbariyati italiyalik 19 yoshli futbolchining narxini e'lon qildi. "Yangi Pirlo" uchun 60 mln evro to'langan taqdirda futbolchini qo'yib yuboriladi. Tonali yozda "Inter" yoki "Yuventus" safiga qo'shilishi taxmin qilinmoqda. Bu haqida "Calcio Mercato" nashri xabar tarqatdi.

Ma'lumot uchun, Tonali Italiya chempionatining joriy mavsumida 22 o'yinda maydonga tushib, 1ta golga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Calcio Mercato