“Breshiya” prezidenti: “Agar A Ceriya qaytsa, mening jamoam o'ynamaydi”

13 apr 2020, 07:05
Massimo Chellino jamoasining mavsumni oxirigacha davom ettirib qo'yishiga ruxsat bermasligini e'lon qildi.

“Vaziyatdan foydalanib qolmoqchi bo'layotgan insonlarda xudbinlikni ko'rib turibman. Lotito oxirigacha o'ynashni xohlayaptimi? Men faqat munosib insonlarni tinglashni maqul ko'raman. Ularga Breshiya bo'ylab sayr qilishlariga imkon bering. Bu yerda nimalar bo'layotganini o'z ko'zi bilan ko'rsin. Hech qanday ustunlikni xohlamayman. Quyi ligaga tushib ketishdan ham qo'rqmayman. Klubim inqirozga uchramasligini ham bilaman. Biroq yana bir bor qaytaraman, agar A Ceriya qaytsa, mening jamoam o'ynamaydi”, - deydi Chellino.

O'xshash yangiliklar


Manba: Giornale di Brescia