

“Hali ham o'zimni chimchilab ko'ryapman (bu tush emasligiga ishonch hosil qilish uchun). Bahsdan oldingi matbuot anjumanida g'alaba qozonsak, bu mavsumdagi eng katta natijamiz bo'lishini aytdim va buni uddaladik.
4:1 hisobi darajasida o'ynamagan bo'lishimiz mumkin, ammo g'alabaga to'la haqli edik.
Eriksen? Uning maydonda va uning tashqarisida o'zini tutishi xurmatga loyiq. U Daniya TJda gol urganidan keyin, unga “Brentford”da ham buni uddalashiga umid qilayotganimni aytdim va u so'zimni yerda qoldirmadi.
Mavsum yakuniga kelsak, uni imkon qadar yaxshiroq yakunlashga harakat qilamiz. 24 soat davomida g'alabadan sarmast bo'lamiz va yana oldinga intilamiz”, deydi Frank.



