

"Bavariya"da ijara asosida to'p tepayotgan Joau Kanseluning kelajagi hamon mavhum bo'lib qolmoqda, Kayl Uoker esa "shaharliklar"ning asosiy tarkibidan tushib qolmoqda.
Aynan shu sabab "Manchester Siti" e'tiborini "Brentford" himoyachisi Aarona Xikiga qaratdi. Manchesterliklar futbolchini yozgi transferlar oynasi vaqtida o'z safiga qo'shib olishga urinadi.
Eslatib o'tamiz, Aaron Xiki 2022 yil yozida "Bolonya"dan APL klubi safiga kelib qo'shilgandi.



