Brendan Rojers: “Shkrtel – premer-liganing eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri”

11 fev 2014, 14:44
“Liverpul” klubi bosh murabbiyi Brendan Rojers himoyachi Martin Shkrtelning o'yinlarini yuqori baholadi.

- Shkrtel – premer-liganing eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri. Men uning o'yinlaridan mamnunman. U juda yaxshi yigit va jamoaning yangi o'yinchilariga katta yordam beradi. O'zini ijobiy tomondan ko'rsata bilish deb shuni aytish mumkin, - Rojersning so'zlarini keltiradi “Liverpul” klubi rasmiy sayti.


Manba: football.kulichki.net