Brendan Rojers: Liverpul uchun mendan yaxshi nomzod yo'q

Narzulla Saydullayev
24 apr 2015, 09:42
Liverpul ustozi Brendan Rojers klubdagi faoliyati haqida gapirib berdi.
Keyingi mavsumda ham Liverpulda qolishimni kutayapmanmi? Albatta, ha. Yaxshiroq nomzod bor deb o'ylamayman.

Bu reallik. Jamoaning o'yinlaridan kelib chiqib 3 oy oldin men sizlarning aytishingiz bo'yicha buyuk murabbiy edim.

Bir nechta o'yinlarni yutqazdik, endi men yomon bo'lib qoldim. Bu futbol – unda nima bo'lsa ham odamlar buni muhokama qilishadi, – deydi Rojers.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru