
“Yuz foiz ishontirib aytamanki, Suraes “Arsenal”ga o'tadigan bo'lsa, xatoga yo'l qo'ygan bo'ladi. Biz yangi jamoa shakllantirayapmiz – shu sabab “Arsenal”ga ketishning nima keragi bor”? To'g'risini aytsam bunda hech qanaqa mantiq ko'rmayapman.
Meni noto'g'ri tushunmanglar. “Arsenal” ajoyib tarixga ega bo'lgan klub, lekin “Liverpul” – dunyoning eng katta klublaridan biri sanaladi. Klubning obro'si juda katta ekanligaga Suares Melburnga qilgan tashrifimiz davomida amin bo'lishi mumkin edi”, - deydi Rodjers.
Eslatib o'tamiz, avvalgi keltirilgan ma'lumotlarda, “Liverpul” klubi rahbariyati Suaresga “Arsenal” bilan muzokaralar olib borishga ruxsat bergan edi.