Breaking News: Messi bayonot berdi

Alisher
4 sen 2020, 18:00
"Barselona" yetakchisi va sardori Lionel Messi bayonot berdi.

Jurnalist Gilerma Balage:

Xorxe Messi La Liga prezidenti Xaver Tebas Leoning shartnomasi haqida gapirganda xatoga yo'l qo'ygan deb hisoblaydi.

"Ular [La Liga] shartnomani qanday tahlil qilishganini bilmaymiz. Sotib olish borasidagi band agar o'yinchi shartnomani bir tomonlama bekor qilgan taqdirdagina amal qiladi. La Liganing bayonotidagi 700 mln evro xato", - deyiladi bayonotda.


Yana bir ishonchli manbalardan biri 433ning xabariga ko'ra, Leo quyidagicha bayonot berdi:

Messining bayonotiga ko'ra, 700 million evro miqdoridagi tovon puli 2019-20 yilgi mavsumdan so'ng tugagan. Shu sabab Messi o'zini "Barsa"dan erkin agent maqomida ketishi mumkin deb hisoblaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia