Breaking news. Masharipov BAA klubida o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
29 yanv 2021
O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi yarim himoyachisi faoliyatini BAAda davom ettiradi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "Paxtakor" Masharipovni Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubiga transfer qilgan, biroq ushbu klub legionerlar limiti tufayli Masharipovni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi. Shu bois "Al Nassr" o'zbekistonlik futbolchini BAAning "Shabab Al Ahli" klubiga ijaraga beradi.    

Eslatib o'tamiz, "Shabab Al Ahli" klubida o'zbekistonlik boshqa yarim himoyachi Azizjon G'aniev to'p tepmoqda. Ayni paytda ushbu klub BAA chempionatida 13ta turdan so'ng 19 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda. 

"Shabab Al Ahli" OCHL-2021da "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni) va "Istiqlol" (Tojikiston) bilan bir guruhdan joy olgan. Guruhning so'nggi ishtirokchisi 7 aprel kuni "Al Garafa" - AGMK uchrashuvidan keyin ma'lum bo'ladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia