Breaking news! APLda navbatdagi iste'fo ro'y berdi

6 dek 2019, 01:31
"Everton" klubi bosh murabbiyi Marku Silva o'z postini tark etdi.

Bu haqida ingliz klubi rasmiy sayti ma'lum qildi.

"Everton" futbol klubi jamoa bosh murabbiyi Marku Silva klubni tark etganini tasdiqlaydi", - deyiladi klubning rasmiy bayonotida.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik mutaxassis Mersisayd grafligi klubini 2018 yilning yozida qabul qilib olgandi. Chorshanba kuni "Liverpul"ga (2:5) uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Everton" 14 ochko bilan musobaqa jadvalining 18-pog'onasiga tushib ketgan va jamoa boshqaruv postida o'zgarish bo'lishi kutilayotgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: evertonfc.com