Breaking news. "Andijon" bosh murabbiyi Ildar Sakaev iste'foga chiqdi

Narzulla Saydullayev
14 may 2019, 16:46
Superligada navbatdagi iste'foga kuzatildi.

"Andijon" klubi bosh murabbiyi Ildar Sakaev 8-turdan so'ng iste'foga chiqdi. Sakaev klub tizimida qoladi va sport direktori lavozimini egallaydi. Bosh murabbiy lavozimiga esa Jamshid Saidov tayinlandi. Aynan Saidov "Paxtakor" bilan o'yinda "Andijon"ni bosh murabbiy sifatida maydonga boshlab tushadi.

Ma'lumot uchun, "burgutlar" 8ta turda bir g'alaba, 3 durang va 4 mag'lubiyat qayd etishdi. 7 ochko to'plagan jamoa 14ta klub orasida 12-pog'onada bormoqda. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia