BREAKING: Kavani "Manchester Yunayted"ga qarshi ikkala o'yinni ham o'tkazib yuboradi

Mirjalol Normatov
10 fev 2019, 17:46
PSJ hujumchisi Edinson Kavanining jarohati jiddiy bo'lib chiqdi.

Futbolchi bugun jamoasida tibbiy ko'rikdan o'tgan va uning ikkala oyog'ida ham jiddiy shikastlanish borligi aniq bo'lgan.

"Sport Witness" xabariga ko'ra, uning to'liq tuzalib safga qaytishi uchun 30 kun vaqt kerak. Agarda shunday bo'lsa, u 7 mart kunida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'tadigan javob o'yinida ham qatnashmaydi.

Aytilishicha, Kavani ancha vaqtdan buyon jarohati borligini shifokorlardan yashirib kelgan ekan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/utdxtra