Braziliyaning JCH saralashi uchun tarkibi: 38 yoshli Dani Alves ham chaqiruv oldi

Aziz Tukhtamuradov
15 may 2021, 09:37
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite JCH-2022 saralashi doirasida Ekvador va Paragvay terma jamoalariga qarshi bo'ladigan o'yin uchun 28 kishilik ro'yxatni e'lon qildi.

Ushbu tarkibdan ayni paytda "San-Paulu"da to'p tepayotgan 38 yoshli Dani Alves ham o'rin olgan.

Darvozabonlar: Alisson (Liverpul), Ederson (Manchester Siti), Veverton (Palmeyras);

Himoyachilar: Dani Alves (San-Paulu), Danilo, Aleks Sandro (ikkalasi - Yuventus), Tiago Silva (Chelsi), Markinos (Pari Sen-Jermen), Lukas Verissimo (Benfika), Eder Militao (Real), Renan Lodi (Atletiko);

Yarim himoyachilar: Kazemiro (Real), Duglas Luis (Aston Villa), Fred (Manchester Yunayted), Fabino (Liverpul), Lukas Paketa (Lion), Everton Ribeyro (Flamengo);

Hujumchilar: Everton (Benfika), Roberto Firmino (Liverpul), Gabriel Barbosa (Flamengo), Gabriel Jezus (Manchester Siti), Neymar (Pari Sen-Jermen), Risharlison (Everton), Vinisius Junior (Real).

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: cbf.com.br