Braziliyaliklar Kroosdan o'ch olishmoqda

Aslanov Jasurbek
28 iyun 2018, 16:41
Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Toni Kroos Janubiy Koreyadan uchralgan mag'lubiyatdan (0:2) so'ng, braziliyalik muxlislar tomonidan trollingga uchramoqda.

2017 yilning 1 yanvarida Kroos "Tvitter" orqali Yangi yil bilan tabriklagan edi:

"201:7 yil qutlug' bo'lsin" (1 va 7 raqamlari o'rniga Braziliya hamda Germaniya bayroqlari qo'yilib, JCH-2014da nemislar braziliyaliklar ustidan qozonilgan yirik g'alaba eslatilga).

Germaniya JCH-2018 pley-offiga chiqa olmagandan so'ng braziliyaliklar xuddi shu uslubda javob qaytarishdi:

"2:018 yil qutlug' bo'lsin" (birinchi ikki raqam o'rnida Janubiy Koreya va Germaniya bayroqlari).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com