Braziliyalik futbolchi Rossiya pasportni olishga yaqin, unga “Rostov” qiziqmoqda

Eldor Akmurzayev
11 iyun 2020, 21:50
PAOK yarim himoyachisi Maurisio yaqin orada Rossiya fuqaroligini oladi.

Shu tariqa, u RPLga qaytadigan bo'lsa legioner hisoblanmaydi. 31 yoshli braziliyalik futbolchiga “Rostov” va SSKA da'vogarlik qilmoqda. Oldinroq, u “Ahmat” hamda “Zenit” kabi Rossiya klublari sharafini himoya qilgan.

Maurisio joriy mavsum Gretsiya chempionatida 18 o'yinda qatnashdi. Uning klub bilan shartnomasi esa mavsum so'nggida tugaydi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: soccer.ru