Braziliya U-20 - Chili U-20 yoxud Vinisiusning pasidan Rodrigo gol urdi

Omonjon To`xtamirzayev
15 okt 2018, 13:21
Madridning "Real" klubi futbolchilari mamlakat yoshlar terma jamoasida samarali ishtirok etishmoqda.

14 oktyabr kuni "selesao" yoshlari Chilida tengqurlari bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi. Mehmonlar tarkibida "Real"ning bir yo'la ikki futbolchisi maydonga tushdi. Vinisius Juniorni "Madrid" safidagi o'yinlarini ham ko'rib ulgurdik, Rodrigo Goes esa yaqin vaqtlar ichida jamoaga kelib qo'shilishi haqida ma'lumotlar mavjud. 

Shu ikki yigit Chilida bo'lib o'tgan o'yinda jamoasining yagona goliga sababchi bo'lishdi. Vinisius qanotdan katta tezlikda raqiblaridan qochib, jamoadoshiga to'pni etkazdi va Rodrigo darvozani ishg'ol qildi.


>>> VIDEONI KO'RISH <<<

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif