Braziliya TJ muxlislari uchun xushxabar

Eldor Akmurzayev
4 dek 2022, 09:15
“Pentakampeonlar” yetakchisi Neymar jamoaviy mashg'ulotlarga qaytdi.

Braziliya futbol federatsiyasi tomonidan ijtimoiy tarmoqqa joylangan rolikda hujumchining umumiy guruhda ekanligini ko'rindi. 30 yoshli forvard guruh bosqichidan o'rin olgan Serbiya bilan (2:0) bahsda oyog'idan jarohat olgandi. Shu tufayli, u qolgan 2 bahsda termadagi sheriklariga yordam berolmadi.

Eslatib o'tamiz, Tite shogirdlari 5 dekabr kuni (23:59) JCH 1/8 finali doirasida J.Koreya bilan bahslashadi. Neymar ushbu uchrashuvda maydonga qaytishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru