

Penaltilar seriyasida omadsizlikka uchrab, musobaqani tark etgan Braziliya termasi uchun Qatardagi mundial medallarsiz ketma-ket beshinchi Jahon chempionati hisoblanadi. Bu Braziliya termasi tarixidagi eng yomon natija hisoblanadi. Braziliya oxirgi marta 2002 yilda Jahon chempioni bo'lgandi. Shundan beri jamoa mundialda sovrin o'rinlarni egallay olmayapti.
Ma'lumot uchun, Xorvatiya yarim finalda Niderlandiya - Argentina o'yini g'olibi bilan to'qnash keladi.



