

O'yin paytida Braziliya policiya xodimlari karantin qoidalarini buzgan to'rt nafar argentinalik futbolchini ushlab qolish uchun maydonga chiqishdi.

Gumon qilinayotgan to'rt kishi - darvozabon Martines, himoyachi Romero, yarim himoyachilar Lo Chelso va Buendia.
Gap shundaki, Buyuk Britaniyadan Braziliyaga kelgan har bir kishi 14 kunlik karantindan o'tishi kerak va ularning to'rttasi ham Premer-ligada o'ynaydi.
Argentinaliklar shundan so'ng darhol kiyinish xonasiga qarab yo'l oldi.

Venesuelalik hakamlar guruhi mehmon jamoadan keyin maydonni tark etishdi.



