Braziliya - Argentina o'yini qayta o'tkaziladi

Оқил Абдубарноев
14 fev 2022
FIFA tartib-intizom qo'mitasi 5 sentyabr kuni bo'lib o'tishi kerak bo'lgan Braziliya va Argentina terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2022 saralash o'yini bo'yicha hukm chiqardi.

Unga ko'ra, uchrashuv takroran o'tkaziladi. O'yin sanasi va o'tkaziladigan hududni FIFA belgilaydi. Bundan tashqari, tartib-intizom qo'mitasi o'yinning bekor qilinishiga uni tashkil etishda ishtirok etayotgan tomonlarning ish sifati etarli emasligi sabab bo'lgan, degan qarorga keldi. Shu munosabat bilan quyidagi qarorlar qabul qilindi:

1. Braziliya futbol federatsiyasi tartib va xavfsizlik bilan bog'liq qoidabuzarliklar uchun 500 ming Shveytsariya franki (taxminan 477 ming evro) jarimaga tortildi;

2. Argentina futbol assotsiatsiyasi tartib va xavfsizlik, o'yinga tayyorgarlik va ishtirok etish bo'yicha majburiyatlarni bajarmagani uchun 200 000 Shveytsariya franki (taxminan 190 000 evro) miqdorida jarimaga tortildi;

3. Uchrashuv bekor qilingani uchun Braziliya futbol federasiyasi va Argentina futbol assosiasiyasi 50 ming Shveytsariya franki (deyarli 48 ming evro) to'laydi;

4. Argentina terma jamoasi futbolchilari Emiliano Buendiya, Emiliano Martines, Djovani Lo Chelso va Kristian Romero FIFA tasnifida o'tkazilgan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Eslatib o'tamiz, Braziliya va Argentina terma jamoalari o'rtasidagi o'yin 4-daqiqada to'xtatilgandi, chunki Braziliya rasmiylari Argentina terma jamoasining 4 nafar futbolchisi (Buendiya, Martines, Lo Chelso va Romero) qoidabuzarliklar evaziga mamlakat hududiga kirgan deb hisoblagandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: fifa.com