

“Ha, u bilan yakshanba kuni kechki payt gaplashdim. U jamoa boshqaruviga kelganimdan juda xursand. U menga klub haqida juda yaxshi gaplarni aytdi, u menga yordam berishdan xursand bo'lishini bildirdi, albatta, agarda gap “Manchester Siti”ga qarshi o'yinimiz haqida bo'lmasa!
“Brayton” esa meni haqiqatan murabbiy etib tayinlashni istadi va ularning uslubi futbol haqidagi tasavvurimga juda yaqin. Albatta, boshqa klublar ham menga qiziqishgandi, lekin aynan shu klubga kelganimdan baxtiyorman”, degan italiyalik mutaxassis.



