"Brayton" o'z hujumchisini "Manchester Yunayted"ga sotmagan

Sherzod Nurmatov
21 sen 2023
"Chaykalar" mankunianlarning taklifini rad etdi.

"Manchester Yunayted" o'tgan yozda "Brayton" hujumchisi Evan Fergyusonni safiga qo'shib olmoqchi edi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

MYU futbolchi uchun 50 million funt taklif qilgan. "Chaykalar" taklifni "kulgili" deb hisoblab, rad etgan.

Fergyuson 2021 yilning qishida Irlandiyaning "Bogemian" jamoasidan "Brayton"ga o'tgandi. 18 yoshli hujumchi joriy mavsum APLda 5 ta o'yinda 4 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN