"Brayton" jamoa yetakchilaridan biri bilan shartnomani uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
20 apr 2023, 13:53
"Brayton" yarim himoyachi Paskal Gross bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirdi.

Nemis futbolchisi ushbu klubda 2017 yilning yozidan buyon to'p tepmoqda. 

31 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 35 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: brightonandhovealbion.com