Bravo: “Chili terma jamoasi Braziliya ustidan g'alaba qozonish uchun bor kuchini ishga soladi”

Tolibjon Qosimov
26 iyun 2014, 13:55
Chili terma jamoasi darvozaboni Klaudio Bravo mezbonlarga qarshi nimchorak final uchrashuvidan oldin yaxshi natijaga erisha olishiga ishonchi komil ekanligini ta'kidladi.
“Ularda ko'pgina yulduz futbolchilar ishtirok etishiga qaramay, bizda Braziliya ustidan g'alaba qozonish uchun imkoniyatimiz bo'ladi. Biz o'z o'yinimiz haqida o'ylashimiz kerak, chunki Chili jamoaviy o'yinda kuchli hisoblanadi. Bu uchrashuv biz uchun katta ruxiy yordam bo'ladi va biz braziliyaliklarni kemadan uloqtirish uchun bor kuchimizni beramiz” – deydi Bravo “Goal”ga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com