Brandao 3 noyabr kuni sud oldida javob beradi

Aziz Tukhtamuradov
19 sen 2014, 17:48
"Bastiya" futbolchisi Brandao Tiago Mottaga zarba bergani uchun Parij sudi oldida javob beradi.
Fransiya chempionati doirasidagi PSJ - "Bastiya" o'yinidan so'ng Brandao Mottaga boshi bilan zarba berdi va uning burnini sindirdi. Bu futbol maydonidan tashqarida sodir bo'lganligi sababli u jinoiy javobgarlikka tortiladi.

U uch yilga ozodlikdan mahrum etilishi, 45 ming evrolik jarima va sport tadbirlariga tashrif buyurish huquqidan mahrum etilish kabi jazolar qo'llanilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, u shuningdek, olti oyga diskvalifikaciya qilingan va 2015 yilning 22 fevraliga qadar maydonga tusha olmaydi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru