Braimi "Al Garafa"ga o'tdi

Alisher
27 iyun 2022
Forvard Yasin Braximi "Al Garafa" bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda Qatar klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

32 yoshli jazoirlik "Al Garafa"ga erkin agent maqomida o'tdi. Jazoir terma jamoasi o'yinchisi 2019 yilning yozidan buyon Qatarning "Al Rayyan" jamoasi sharafini himoya qilayotgandi. Braximi shuningdek "Renn", "Klermon", "Granada" va "Portu" jamoalarida harakat qilgan.

Braximi o'tgan mavsum 29ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 10ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: qasports.qa