Boyan “Stok Siti”ni tark etish istagini bildirdi

Aslanov Jasurbek
16 yanv 2017
Ispaniyalik hujumchi Boyan Krkich “Stok Siti”ni tark etish istagida ekanligini ma'lum qildi.

Sky Sports nashrining xabar berishicha, Krkich o'zining jamoadagi holatidan qoniqish hosil qilmayapti. “Barselona”ning sobiq futbolchisi joriy mavsumda “Stok Siti” safida bor yo'g'i 10ta o'yinda maydonga tushdi.

Boyan bu o'yinlarda raqib darvozasini 3 bor ishg'ol qildi. Bitta golga esa assistent vazifasini bajarib berdi. “Middlsbro” klubi Krkichni qo'lga kiritish borasida asosiy davogar bo'lib turibdi. 




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports