

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi Toshkentga qaytib kelmasligi mumkin ekan. Avvalgi suhbatlarimizda serbiyalik himoyachi Toshkent uning o'zi va eng muhimi, oilasiga har tomonlama maqul kelganligi va futbolchilik faoliyatini ham shu erda tugatishga qarshi emasligini aytgandi. Xatto imkoniyati bo'lsa, O'zbekiston milliy terma jamoasi libosini kiyishga ham tayyorligini ma'lum qilgandi. Boyanning "Paxtakor"da qolish yoki kyetishi haqida so'rab murojaat qilganimizda, klub matbuot xizmati hali bu borada aniq ma'lumot yo'qligi, Turkiya yig'iniga boradigan tarkib tasdiqlanganidan keyingina rasmiy ma'lumot berilishini aytishdi. Boshqa tomondan, "Paxtakor" himoya chizig'ida raqobat kuchayib boryapti. Ayniqsa, Egor Krimec va Kamoliddin Tojievning Xitoy chempionatidan qaytib kelishi bu raqobatni yanada kuchaytirdi. Ayni paytda Krimec va Tojievdan tashqari, markaziy himoyada Akbar Ismatullaev, Vladimir Kozak, Ibrohim Abdullaev, Jamshid Boltaboev, Muhsin Ubaydullaev, qanotlarda esa Davron Hoshimov, Murod Xolmuhamedov, Aleksandr Merzlyakov kabi futbolchilarni ko'rsatishimiz mumkin.
Eslatib o'tamiz, Miladinovich jarohati sabab bir yarim yil davomida maydonga tusha olmagan, faqat o'tgan mavsumning so'nggi turlaridagina safga qaytgandi.
Eslatib o'tamiz, Miladinovich jarohati sabab bir yarim yil davomida maydonga tusha olmagan, faqat o'tgan mavsumning so'nggi turlaridagina safga qaytgandi.



