Bouen barmog'idan dahshatli jarohat oldi

Оқил Абдубарноев
2 okt 2022, 14:25
"Vest Xem" hujumchisi Jarrod Bouen shanba kuni "Vulverxempton"ga qarshi APL o'yinida barmog'idan jarohat oldi.

Angliyalik futbolchi ikkinchi bo'lim davom etayotgan pallada bir barmog'ini chiqarib yubordi.

Video orqali Bouenning og'riqdan tishini-tishiga qo'yganini, bir barmog'i g'ayritabiiy tarzda bukilganini ko'rish mumkin.

Yaxshiyamki, futbolchi o'yinni davom ettira oldi, "Vest Xem" esa Londonda 2:0 hisobida g'alaba qozondi.


O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Mirror