Botir Rahimov: "Paxtakor"ning natijalariga endi Samvel Babayan javob beradi"

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2014, 16:14
Kecha klub akciyadorlari ishtirokida o'tgan yig'ilishda jamoa boshqaruv tizimida o'zgarish bo'lgani ma'lum qilindi.
Jamoa boshqaruvida o'zgarishlar qilinishi kecha akciyadorlar ishtirokida o'tgan yig'ilishda hal etildi.

Klub Prezidenti Botir Rahimovning rasmiy bayonoti bilan tanishing: - Akciyadorlar bilan kelishgan holda bosh murabbiy lavozimidan voz kechdik. Endi klub boshqaruv tizimi, jamoa va akademiyaning natijalari uchun asosiy javobgar shaxs - menejer lavozimini joriy etamiz. U jamoalarning natijalariga mas'ul bo'ladi. Menejer lavozimida shu kungacha vice-prezident sifatida ishlab kelayotgan Samvel Babayanni tayinlaymiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz