Afsuski, hozircha jimjitlik va sukunat...
Bu yilgi mavsumni beqaror o'yinlar bilan boshlagan “Qizilqum” jamoasi hamon chempionat jadvalida so'nggi pog'onani band etib turibdi. Klub rahbariyati bunga befarq qarab turishgani yo'q, albatta. Avvaliga mavsumni omadsiz boshlagan jamoada bosh murabbiy Ravshan Haydarov iste'foga chiqarilgan bo'lsa, uning o'rnida ish boshlagan Rustam Zabirov qo'l ostida ham zarafshonliklar deyarli ijobiy natijani qo'lga kirita olmadilar. Natijada birinchi davradan so'ng, klub rahbariyati va murabbiylar shtabida o'zgarishlar amalga oshirildi. Tarkib ham mos ravishda ikkinchi davrani deyarli to'liq o'zgargan holda boshladi.
To'g'ri, jamoa a'zolari tanaffusdan so'ng o'tgan uch uchrashuvning barchasida mag'lubiyatga uchradi. Avvaliga Samarqandda “Dinamo”, Navoiyda “Nasaf”ga bir xil - 0:1 hisobida imkoniyat berildi. Lekin bu “Qizilqum” o'ta kuchsizligini anglatmaydi. Konchilar uy uchrashuvlarini viloyat markazida o'tkaza boshlagach, Navoiydagi “So'g'diyona” stadioniga muxlislar tashrifi sezilarli darajada ortdi. Jamoa a'zolarining o'yinga bo'lgan ishtiyoqi oshdi, g'alabaga chanqoqlik va intilish ruhi paydo bo'ldi. Faqat jamoaning qisqa fursat ichida shakllantirilganligi, o'yinchilarda jamoaviy xatti-harakatlarning hali to'la shakllanib ulgurmaganligi aksariyat vaziyatlarda ularni omadsizlik ko'chasiga olib kirmoqda, xolos.
Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasiga qarshi kechgan oxirgi o'yinga ham Yuriy Lukin shogirdlari ko'tarinki kayfiyatda yo'l olishdi. Jamoa a'zolarini qo'llab-quvvatlash uchun Navoiydan yuzga yaqin ishqiboz Zominga tashrif buyurganligi ham muxlislarda “Qizilqum”ning ertangi kuniga katta ishonch borligiga ishoradir.
“So'g'diyona” bilan kechgan uchrashuvni zarafshonliklar hujumkor va uyushqoqlik bilan boshladilar. Faqat o'yinni boshqarib borgan hakam Murod Muhammedovning qo'pol xatolari yakunda yana bir bor “Qizilqum” jamoasi a'zolarini maydonni bosh egik holda tark etishlariga sababchi bo'lganligi achinarlidir. Uchrashuv debyutidayoq ayrim mutaxassislar tomonidan kelajagiga katta ishonch bildirilayotgan M.Muhammedov mehmonlarni o'z jarima maydonchalarida o'yin qoidasini buzgan deb topdi va ularni penalti bilan jazolashga qaror qildi. Imkoniyatdan mezbonlar vakili samarali foydalandi va uchrashuvda hisob ochildi. Hakamning bu qarori zarafshonliklar kayfiyati va ruhiyatiga salbiy ta’sir qildi. O'yinning qolgan daqiqalarida ham aksariyat ayrim vaziyatlarda Muhammedovning mezbonlar foydasiga qarorlar qabul qilganligini ta'kidlab o'tish lozim. Ma'lumotlarga qaraganda, uchrashuv bosh hakami poytaxt viloyati vakili Murod Muhammedov (ikki yildirki, PFL tomonidan hakamlarga qo'yilayotgan baholar ommaga oshkor etilmayapti - muallifdan)ga o'yindan so'ng, nazoratchi Igor Nexochin tomonidan “qoniqarsiz” baho qo'yilgan.
Bu baho mutaxassisning munosib etirofi bo'lgan bo'lsa-da, endi o'yin natijasini o'zgartirib bo'lmasligi oydek ravshan. Shundoq ham kuchlilar qatorida o'z mavqeini saqlab qolish uchun kurash olib borayotgan “Qizilqum” jamoasi uchun bosh hakamning qarori qanchalik adolatsizlik bo'lganligini faqatgina jamoa a'zolari va muxlislarigina his qilishi shubhasiz. Chunki, turdan turga kuchayib, o'z o'yinini topib borayotgan zarafshonliklar uchun har bir ochko suv hamda havodek zarur. Ayniqsa, ikkinchi davradagi ilk ochko va g'alabaning ahamiyati beqiyosdir.
Xo'sh, PFL “istiqboli porloq hakam”lardan biri bo'lishi kutilayotgan Murod Muhammedovga nisbatan qanday chora ko'rarkin?! Baholar e'lon qilinmagan taqdirda ham hech bo'lmasa, PFLning bu haqda qarori e'lon qilinishidan “Qizilqum” jamoasi a'zolari va ko'psonli muxlislari baribir umidvor bo'lishga haqlilar, albatta.
Oldinda esa “Qizilqum”ni yanada muhim va jiddiy uchrashuvlar kutmoqda. Yana bir necha kundan so'ng, aniqrog'i, 26 avgust kuni navbatdagi turda chempionat karvonboshisi - poytaxt temiryo'lchilari Navoiyda mehmon bo'lishadi. So'ngra o'n sakkizinchi turda “Qizilqum” Toshkentga safar qiladi va “Paxtakor”ga qarshi maydonga tushadi.
Biz esa umid qilishga odatlanganmiz. Raqib kim bo'lishidan qatiy nazar, “Qizilqum” futbolchilarining g'alabasiga ishonamiz. Chunki zarafshonliklarning boshqa yo'li ham, choralari ham yo'q. Faqat Murod Muhamedovga o'xshagan hakamlar qolgan o'yinlarda maydonda borliklarini atrofdagilarga sezdirib qo'yishmasa bo'lgani. Axir mohir va professional hakamlar butun uchrashuv davomida o'zlarining bor-yo'qliklarini hech kimga sezdirmasliklarini namoyon etishga odatlanishgan...
Muxlislar “Qizilqum” futbolchilarga ishonishadi. Umid qilamizki, ular hali albatta o'z so'zlarini aytishadi...
HAKAMLAR HUJJATIDAN KO'CHIRMA:
Oliy liga, 16-tur uchrashuvi
17 avgust, shanba
So'g'diyona (Jizzax) – Qizilqum (Zarafshon) – 2:1. 2341 tomoshabin
Hakamlar: M. Muhammedov (Toshkent viloyati), X. Shodmonov (Buxoro), A. Sapenko (Toshkent viloyati), SH. Ro'ziqulov (Qarshi)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
So'g'diyona: 1.Aleksandr Melenchuk, 2.Javodullo Ibrohimov (41.Ayubxon No'monov, 76), 5.Ilyos Qurbonov (7.Rasul Hayitov, 89), 6.Murod Toshmatov, 10.Zafar Narziqulov, 14.Renat Bayramov, 18.Suhrob Berdiev, 19.Siroj Hamroev, 22. Orif Mamajonov, 23. Bobir Qosimov (42.Maruf Murodov, 41), 24.Elyor Oripov.
Zaxiradagilar: 16.Shirinboy Abdullaev, 4. Asiljon Begimqulov, 17. Sanjar Rashidov, 21. Akmal Abdurahmonov.
Qizilqum: 1. Erkin Jabborov, 14. Fayzullo Qambarov, 23. Sarvar Xolmatov, 43. Akmal Xoliqov, 48. Sherzod Fayzullaev (57. Isroil Ergashev, 74), 50. Eldor Boymatov, 53. Xurshid Yuldoshev (44. Alisher Xoliqov, 46), 54. Asqar Muhitdinov, 58. Akmal Rustamov, 90. Zafar To'raev (51. Bobur Iskandarov, 59), 11. Navro'z Alimov
Zaxiradagilar: 55. Artyom Makosin, 6. Farrux Haydarov, 47. Jamshid Shohnazarov, 87. Ruslan Sanaev.
Gollar: R. Bayramov (8, penalti), M. Toshmatov (62), - E. Oripov (30, avtogol).
Ogohlantirishlar: S. Hamroev (85) – A. Muhitdinov (7), F. Qambarov (63), S. Xolmatov (72), B. Iskandarov (79).
Eng yaxshi o'yinchilar: M. Toshmatov - N. Alimov.
“QIZILQUM” FK Matbuot xizmati